«Chelsi» ustozi: «Feliks va Nkunkuning mahoratiga shubha yo‘q»
Enso Mareska Joau Feliksning mahoratiga yuqori baho berdi.
«Chelsi» bosh murabbiyi yarim himoyachiga boshqa mamlakatlar jamoalaridan qiziqish bo‘layotgani haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi.
«Men Feliks aniq «Chelsi» futbolchisi ekanligini aytdim. U va Nkunku uchun muammo shundaki, murabbiy aksariyat o‘yinlarda bitta hujumkor yarim himoyachidan foydalanadi va bu Koul Palmer.
Ularga o‘yin amaliyoti yetishmayapti, ammo bu yagona sababdir. Ularning ikkalasi ham eng yaxshi futbolchilar» – dedi Mareska.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/