«Sevilya» futbolchisining «Aston Villa»ga transferi to‘xtab qoldi

«Sevilya» markaziy himoyachisi Loik Badening «Aston Villa«ga transferi bo‘yicha kelishuv to‘xtab qoldi, deya xabar berdi insayder Fabrisio Romano.

Manbaga ko‘ra, na shaxsiy shartlar bo‘yicha, na klublar o‘rtasidagi to‘lov bo‘yicha kelishuvga erishmagan.

24 yoshli fransiyalik futbolchining Andalusiya klubi bilan shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. «Transfermarkt» uni 25 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter