«Milan» himoyachisi «Yuventus» transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda

«Milan» himoyachisi Fikayo Tomori «Yuventus»ning transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda.

«Keksa sinyora»ning angliyalik futbolchiga qiziqishi haqidagi ma’lumotlar dekabr oyida paydo bo‘lgandi, biroq so‘nggi haftalarda futbolchining Turinga o‘tishi haqidagi gap-so‘zlar barham topdi. Biroq, insayder Janluka di Marsioning yangilangan xabariga ko‘ra, «Yuventus» Tomori bo‘yicha kelishuvga yaqinlashmoqda. Yaqin orada «byankonerilar» vakillari «Milan» bilan kelishuvga erishishga harakat qilishadi.

Fikayo Tomori ushbu mavsumda «rossonerilar» safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining narxi 22 million yevro.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter