«Yuventus» «Manchester Siti»dan taklif olgani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi
«Yuventus» sport direktori Krishtianu Juntoli himoyachi Andrea Kambyasoning «Manchester Siti«ga ketishi mumkinligi haqida gapirdi.
— «Manchester Siti»dan hali rasmiy taklif olganimiz yo‘q. Agar kelsa, biz qaror qabul qilamiz. Ammo bu transfer oynasida bizni sotuvlardan ko‘ra ko‘proq xaridlar qiziqtiradi», – deya funksionerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Joriy mavsumda 24 yoshli Kambyaso barcha turnirlarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/