Dobvik: «Roma»da bosimni his qilmayapman»
«Roma» hujumchisi Artyom Dovbik 2024/25 yilgi mavsumdagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi.
«Biz hozir ikki oy oldingiga qaraganda ancha uyg‘un o‘ynayapmiz. Biz bir jamoaga aylandik, g‘alaba qozona boshladik va bu yaxshi.
Dibala va Pellegrini kabi futbolchilar tufayli o‘yinimiz yaxshilana boshladi. Shunga qaramay, jamoaviy ishimizni yaxshilash uchun bizga hali biroz vaqt kerak bo‘ladi.
Men ko‘p bosim his qilmayapman. Jeko ham o‘zining birinchi mavsumida qiyin damlarni o‘tkazdi va bor-yo‘g‘i 10 ta gol urdi. Jamoadoshlarim bilan bevosita maydonda ko‘proq muloqot qilishim kerak.
Rimga kelganimda hamma mendan har o‘yinda ikki yoki uchta gol urishimni kutgandi. Endi men bu borada xotirjamman» – dedi Dovbik Roma Press bilan suhbatda.
Ukraina terma jamoasi hujumchisi joriy mavsumda “bo‘rilar” safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/