«Chelsi» 16-yoshli qozoq futbolchisi uchun raqobatda g‘alaba qozondi
Istiqbolli “Qayrat” hujumchisi Dastan Satpayev faoliyatini Angliyada davom ettiradi. 16 yoshli futbolchi “Chelsi” bilan shartnoma imzolaydi. Transfer kelasi hafta yakunlanadi.
Qayd etilishicha, «Chelsi» uzoq vaqtdan beri Satpayev uchun shartnoma ustida ishlamoqda. Futbolchi taxminan bir oy oldin London klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan edi.
Potensial harakatning moliyaviy tafsilotlari oshkor etilmadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/