«Lester» «Parma»dan himoyachi Kulibalini 3 million funtga sotib oldi
25 yoshli himoyachi Premyer-liga klubi bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi. Jurnalist Ben Jeykobsga ko‘ra, transfer narxi 3 million funt atrofida bo‘lgan.
Futbolchi shu hafta o‘zining yangi jamoasiga qo‘shiladi, chunki ular shanba kuni APL doirasida «Fulxem»ga qarshi uy o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishadi.
Fransiyalik futbolchi 2021 yildan buyon “Parma” safida to‘p tepadi va klub safida barcha musobaqalarda 88 ta o‘yinda maydonga tushdi. Qayd etilishicha, o‘tgan mavsumda futbolchi klubning A Seriyaga chiqishida muhim rol o‘ynagan.
Himoyachi joriy mavsum A Seriyada 14 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/