«Arsenal» futbolchisi joriy mavsum hisobidan birinchi marta maydonga tushdi
Kiran Tirni o‘tgan mavsumdan beri birinchi marta Angliya Premyer-ligasida maydonga tushdi.
Bu «Arsenal» va «Tottenxem» o‘rtasidagi Shimoliy London derbisida sodir bo‘ldi.
77-daqiqada shotlandiyalik futbolchi “kanonirlar” safida Leandro Trossar o‘rniga maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, Tirni joriy mavsumda «Arsenal»da deyarli o‘ynamadi. Futbolchi o‘tgan mavsumni Ispaniyada «Real Sosyedad»da ijara asosida o‘tkazdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/