«Barsa» himoyachisining jarohati jiddiyligi tasdiqlandi
Inigo Martines bir oydan ko‘proq maydonga tusha olmaydi.
«Barselona» himoyachisi Ispaniya Superkubogi doirasida «Real»ga (5:2) qarshi o‘yinning 27-daqiqasida jarohat oldi.
Ispaniyalik jurnalist Xavi Migelning xabar berishicha, futbolchining o‘ng sonining mushaklari yirtilgan. Qayta tiklash 5 hafta davom etadi.
Martines joriy mavsumda La Ligada 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/