Daniya terma jamoasi a’zosi Bundesligaga ko‘chib o‘tadi
O‘tgan haftada «Volfsburg» klubi «Bryugge»dan Andreas Skov Olsen transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlagandi. Nemis klubi bu masalada bu haftada hech bo‘lmaganda futbolchining o‘zi bilan sezilarli yutuqlarga erishdi.
Sky Sport xabariga ko‘ra, «bo‘rilar» «Bryugge» vingeri bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Shartnoma qishda Bundesliga klubiga o‘tishni ko‘zda tutadi. Daniyalik «Volfsburg» bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolashi mumkin. Endi nemislar belgiyaliklar bilan 25 yoshli vingerning transfer narxi borasida kelishib olishlari kerak. Mish-mishlarga ko‘ra, «bo‘rilar» uning uchun 10-15 million yevro to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Andreas Skov Olsen joriy mavsumda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/