Laportaga nisbatan bosim kuchaygan
«Barselona» mavsumning ikkinchi qismida Dani Olmo va Pau Viktorni sotib olishga urinishlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Natijada Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta jiddiy bosim ostida qoldi. Ispaniya matbuotiga ko‘ra, “Barselona” rahbariyatidagi muxolif guruh Laportani iste’foga chiqishga chaqirgan.
E’lon qilingan bayonotda aytilishicha, agar Laporta talabni e’tiborsiz qoldirsa, unga ishonchsizlik votumi berilishi mumkin.
Laportaning raqiblaridan biri Viktor Font bo‘lib, u avvalroq «Barselona» prezidenti bo‘lishga intilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/