Ortiq Nig‘matov O‘mondagi musobaqada g‘olib chiqdi va grossmeysterlik maqomini qo‘lga kiritdi

O‘monda bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha «Muscat International Chess Championship 2024» musobaqasida o‘zbekistolik Ortiq Nig‘matov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz 9 o‘yinda 8 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Ortiq 7 ta g‘alaba va 2 ta durang natija qayd etib, muhim bo‘lgan +13.9 reyting ochkolarini qo‘shib oldi.

Natijada Nig‘matovning FIDE reyting jadvalida ballari 2500 dan oshdi va u grossmeysterlik maqomini qo‘lga kiritdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter