«Yuventus» yarim himoyachisi APLga o‘tishni istamayapti

«Yuventus» yarim himoyachisi Artur Melo «Everton»ga o‘tish niyatida emas.

A Seriya grandi yanvar oyida Tyago Motta jamoasida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan braziliyalik futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.

Yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishga intilayotgan 28 yoshli futbolchiga da’vogarlardan biri sifatida «Everton» nomi ko‘rsatilgan. Biroq, Italiya matbuotiga ko‘ra, Arturning o‘zi faoliyatini davom ettirish uchun bu variantni ko‘rib chiqmayapti, chunki u «Liverpul»ning asosiy raqiblari safida o‘ynashni istamaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter