Konseysau ikkita klubga rad javobini bergan, uning maqsadi boshqa

Serxio Konseysau Angliya premyer-ligasida ishlash imkoniyatini rad etdi.

Portugaliyalik mutaxassis o‘tgan mavsum oxirida «Portu»ni tark etganidan beri ishsiz edi.

Yaqinda murabbiy ikkita ingliz klubidan taklif oldi, biroq ikkala holatda ham u rad etdi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.

Konseysau futbolchilik faoliyatining eng yaxshi yillarini o‘tkazgan A Seriyada ishlashni xohlaydi. Tez orada murabbiy o‘z maqsadiga erishadi – Paulo Fonsekani ishdan bo‘shatgan «Milan» Serxioning tayinlanganini rasman e’lon qilmoqchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter