«Barselona» bu borada sukut saqlamoqchi
«Barselona» Niko Uilyams borasida hech qanday chora ko‘rmayapti.
22 yoshli “Atletik” vingeriga Yevropaning bir qancha klublari, jumladan “Manchester Yunayted” va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda.
Diario Sport xabariga ko‘ra, Myunxen klubi bu borada eng faol.
Qayd etilishicha, o‘tgan yozda futbolchini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan “Barselona” maosh chegarasi bilan bog‘liq muammolar yechimini kutib, xotirjamlikni saqlab turibdi.
Futbolchining o‘zi hali faoliyatini qayerda davom ettirishi borasida bir qarorga kelmagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/