Ranyeri Dibalani maqtadi

«Roma» bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri jamoaning argentinalik hujumchisi Paulo Dibalaning o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Italiya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan «Parma» bilan o‘yinda (5:0) hujumchi ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Dibala sog‘lom bo‘lganda juda yaxshi. Agar u charchagan bo‘lsa yoki biror narsa rejadagidek ketmasa, men uni maydondan chiqarib yuboraman», – dedi mutaxassis.

Dibala Rim jamoasi safiga 2022 yilning yozida kelib qo‘shilgandi. 31 yoshli argentinalik futbolchi “Roma”ning 96 uchrashuvida qatnashib, 38 gol va 20 golga assistentlik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter