De Rossi qaysi ligada murabbiy bo‘lishni xohlashini aytdi
«Roma»ning sobiq bosh murabbiyi Daniele de Rossi kelajak rejalari haqida gapirdi.
41 yoshli mutaxassis sentyabr oyida Rim klubi tomonidan iste’foga chiqarilgan edi. Hozirda u ishsiz.
«Men turli mamlakatlarda, ayniqsa Angliyada murabbiylik qilishni xohlardim. Keyin «Boka Xuniors»ga qaytishni istardim, chunki bu klubga oshiqman. Balki u yerdagi odamlar bizga o‘xshab ketgani uchundir. Men «River Pleyt»ga qarshi derbida o‘ynadim – bu o‘ziga xos narsa, bu Rim derbisidan farq qiladi. Haqiqiy jang boshlang‘ich hushtagidan so‘ng darhol boshlanadi. O‘sha o‘yinda taxminan 12 ta sariq kartochka ko‘rsatilgan edi», dedi de Rossi The Overlap nashriga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/