Sancho «Chelsi»da o‘zini qanday his qilayotgani haqida gapirdi
«Chelsi» vingeri Jeydon Sancho «Tottenxem» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (4:3) intervyu berdi.
24 yoshli futbolchi «shporlar»ga qarshi o‘yinda gol urdi – bu inglizning «ko‘klar» safidagi ikkinchi goli.
«Chelsi»da bo‘lganimning birinchi kunidanoq meni juda iliq kutib olishdi. Men hali ko‘p odamlar men haqimda noto‘g‘ri fikrda ekanligini isbotlashim kerakligini bilaman. Mashg‘ulotlarda ko‘p mehnat qilaman. Murabbiylar shtabi va jamoaga ishonch va maydonga tushish imkoniyati uchun rahmat aytishim kerak», – deya sotib olish majburiyati bilan «Manchester Yunayted»dan ijaraga olingan vingerning so‘zlarini keltiradi SuperSport.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/