Devid «Lill» safidagi o‘zining 206-uchrashuvida 100-golini kiritdi

Jonatan Devid «Lill» safida barcha musobaqalardagi 100-golini urdi.

Buning uchun forvardga 206 ta uchrashuv kerak bo‘lgan. Juma kuni 24 yoshli kanadalik futbolchi Liga 1 doirasida «Brest»ga qarshi o‘yinda (3:1) dubl va golli uzatmani amalga oshirdi.

Shu tariqa, Devid hozirda «Lill» safida 101 ta golga ega.

Hujumchi 11 ta gol bilan Liga 1 mavsumining to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

Devidning klub bilan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar amal qiladi, futbolchiga «Barselona», «Bavariya», «Yuventus» va «Inter» klublari qiziqish bildirmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter