«Yuventus» Liga 1 yulduziga uzoq muddatli shartnoma taklif qiladi

«Lill» hujumchisi Jonatan Devid «Yuventus»ning transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda.

Xabaringiz bor, Turin klubi kanadalik futbolchini mavsum yakunida, futbolchining «itlar» bilan shartnomasi tugagach, o‘ziga jalb qilishni istamoqda. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, «Yuventus» forvardga 4 yildan 5 yilgacha shartnoma taklif qilishga tayyor. Avvalroq, matbuotda «keksa senyora» rahbariyati 24 yoshli futbolchining vakillari bilan bog‘langani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Jonatan Devid bu mavsumda «Lill» safida o‘nta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter