Insayder Romano «Barselona»ning Levandovski borasidagi rejalari haqida gapirdi

«Barselona» yaqin kelajakda Robert Levandovskiga o‘rinbosar qidirishni rejalashtirmayapti.

«Blaugrana» rahbariyati 36 yoshli polyakning joriy mavsumdagi o‘yinidan hayratda va unga to‘liq ishonishda davom etmoqda, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano. Forvardning shartnomasi avtomatik tarzda 2026 yilning yoziga qadar uzaytiriladi. «Barselona» turli mish-mishlarga qaramay, yangi hujumchi qidirmayapti.

Robert Levandovski ushbu mavsumda Xans-Diter Flik jamoasi safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter