Rafinya yangi mavsumdagi 14-golini urdi

Rafinya «Barselona» safida mavsumdagi 20 o‘yinda 14-golini kiritdi.

27 yoshli yarim himoyachi La Liganing 15-turidan o‘rin olgan «Las-Palmas» bilan o‘yinda (1:2) gol urdi.

U joriy mavsumda «Barselona» safida barcha turnirlarda 20 ta o‘yinda 14 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ispaniya klublari futbolchilari orasida Rafinya jamoadoshi Robert Levandovskidan keyin «gol+pas» ko‘rsatkichi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Polyak 19 ta o‘yinda 24 (22+2) ochkoga ega.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter