“Arsenal” futbolchisi APLdagi debyut golini urdi

Shanba oqshomida Londonning “Arsenal” jamoasi o‘z maydonida “Nottingem Forest”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

“Kanonirlar”ning uchinchi golini 85-daqiqada yosh “kanonirlar” hujumchisi Etan Nvaneri kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu yosh futbolchining Angliya elita divizionidagi ilk goli bo‘ldi.

Nvaneri joriy mavsum boshida uch marta gol urdi, ammo Liga kubogida. U ikkita golini «Bolton»ga, yana biri «Preston Nort End»ga urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter