Rasman! «Liverpul» futbolchisi «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi
«Liverpul» himoyachisi Ibraim Konate kasalxonaga yotqizildi. Bu «Real» bilan Chempionlar ligasining 5-tur uchrashuvidan (2:0) keyin sodir bo‘ldi.
O‘zining ijtimoiy tarmog‘ida Konate biroz vaqt o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi. Ma’lumotni klub ham tasdiqladi.
«Chorshanba oqshomida ajoyib o‘yin oxirida jarohat olish juda achinarli. Biz hozir tiklanish jarayonini boshlayapmiz, lekin men va’da qilgan narsa shundaki, men qaytib, yana o‘zimning eng yaxshi versiyamni ko‘rsataman. «Enfild»da ajoyib qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur.
Biz oldinga borishda davom etamiz va men jamoani har qadamda qo‘llab-quvvatlayman» – deb yozadi Konate.
«Liverpul» – «Manchester Siti» uchrashuvi 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/