Amorim «Manchester Yunayted» futbolchisini maqtadi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim Amad Dialloning «Ipsvich»ga qarshi o‘yinda (1:1) ko‘rsatgan o‘yinini yuqori baholadi.

Nominal qanot hujumchisi portugaliyalik murabbiy boshchiligidagi jamoaning birinchi o‘yinida o‘ng qanotda o‘ynadi. Ivariyalik futbolchi uchrashuvning 2-daqiqasida hisobni ochgan Markus Reshfordga golli uzatmani amalga oshirdi.

«Amad juda a’lo natija ko‘rsatdi. Atigi uch kun ichida u himoyada o‘ynash mahoratini sezilarli darajada oshirdi. U «Ipsvich»ning chap himoyachisiga qarshi turishi, uning ortidan ergashishi kerak edi va u juda diqqat bilan harakat qildi. Ajoyib ish,» deya Amorimning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter