«Fenerbaxche» vingeri Italiyaga ko‘chib o‘tmoqchi
«Fenerbaxche» vingeri Dengiz Yunder faoliyatini Rossiya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Ahmet Konanchning xabar berishicha, turkiyalik futbolchining xizmatlariga «Zenit», «Spartak» va «Krasnodar» klublari qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli Yunder allaqachon «Fenerbaxche»ni tark etishga qaror qilgan, biroq u Italiyaga ko‘chib o‘tishni xohlaydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda «Spartak» Yunderni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rdi, ammo kelishuv amalga oshmadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/