«Fenerbaxche» «Atletiko» himoyachisini ijaraga olmoqchi

Madridning “Atletiko” klubi markaziy himoyachisi Chaglar Syoyundjyu Turkiyaga qaytishi mumkin.

27 yoshli futbolchi iyul oyida «matraschilar» safiga «Lester»dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi. Turkiyalik markaziy himoyachi kamdan-kam hollarda maydonga tushayapti, shu bois u o‘yin tajribasiga ega bo‘lish uchun yanvarda jamoani tark etishi mumkin. TRT Spor xabariga ko‘ra, «Fenerbaxche» futbolchini ijaraga olmoqchi. Istanbul klubi Madrid bilan muzokaralarda jiddiy muvaffaqiyatga erishdi.

Syoyundjyu bu mavsumda «Atletiko»ning atigi beshta o‘yinida qatnashdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, turkning transfer qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter