Sergey Bogachuk Isroil Madrimovga qarshi jang uchun Meksikada tayyorgarlik ko‘ryapti
Birinchi yarimo‘rta vazn toifasidagi ukrainalik bokschi Sergey Bogachuk (24-2, 23 KO) ushbu vazndagi sobiq chempion Isroil Madrimov (10-1-1, 7 KO)ga qarshi bo‘lajak jangga tayyorgarlik haqida gapirdi.
— Madrimovga qarshi jangga qanday tayyorgarlik ko‘ryapsiz?
— Hozirda tayyorgarlik yaxshi ketmoqda, biz Meksikadamiz. Bu yerda yig‘in o‘tkazyapmiz. Bu yerga bir necha kun oldin keldik. Yig‘in 4 hafta davom etadi. Keyin biz bir haftalik mashg‘ulot uchun Los-Anjelesga uchamiz, keyin Saudiya Arabistoniga boramiz. U yerda ikki haftalik yig‘in o‘tkazamiz, keyin esa Madrimov bilan jang.
— Sparring sheriklaringiz kimlar?
— Biz Los-Anjelesdan o‘z zalimizdagi yigitlarni yig‘inga olib keldik. Ular boksda yaxshi natijalarga erishgan meksikaliklar hisoblanishadi. Aytishim mumkinki, ular juda qiziq sparring-hamkorlar.
Eslatib o‘tamiz, Sergey Bogachuk va Isroil Madrimov o‘rtasidagi jang 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/