«Lasio» Pedroga yangi shartnoma taklif qiladi
Rimning «Lasio» klubi qanot hujumchisi Pedroning so‘nggi vaqtlarda ko‘rsatayotgan o‘yinidan mamnun.
Xabarlarga ko‘ra, rimliklar 37 yoshli futbolchiga kelasi yozda yakunlanadigan shartnomasini 1 yilga uzaytirishni taklif qiladi.
Pedro joriy mavsumda 12 ta o‘yinda 6 ta gol urib, 2 ta assist berdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/