«Benfika» futbolchisi «MYU» taklifini rad etishga umid qilmoqda

«Benfika»ning chap qanot himoyachisi Alvaro Fernandes top-klublarda qiziqish uyg‘otmoqda.

Portugaliya grandi ispaniyalik futbolchini shu yilning yozida «Manchester Yunayted»dan sotib oldi. Turli manbalarning xabar berishicha, hozirda 21 yoshli futbolchini ko‘plab nufuzli klublar, jumladan, o‘sha «Manchester Yunayted» ham kuzatmoqda.

«Benfika»dagilar Fernandes «qizil iblislar» safiga qaytishdan bosh tortishiga umid qilishmoqda, chunki futbolchini boshqa klubga sotish ancha foydaliroq bo‘lardi, deb ta’kidlaydi «Record». Mankunianliklar lateralni 19 million yevroga qaytarib sotib olish huquqiga ega, qolgan barcha klublar uchun esa tovon puli summasi ancha yuqori – taxminan 50 million yevro.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter