Amorimga ishonishmoqda

Ruben Amorim «Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi bo‘ladi.

Portugaliyalik murabbiy dushanba kunidan ish boshlaydi.

Transfer News Live nashrining xabar berishicha, Amorimning tayinlangani haqidagi xabardan so‘ng, “qizil iblislar” kiyinish xonasidagi kayfiyat optimistik ruhga o‘zgargan.

«Manchester Yunayted» futbolchilariga Amorim qo‘l ostidagi o‘yin yoqadi.

«Mankunianliklar» portugaliyalik bilan mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazishiga ishonishmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter