Flik Laportadan mashg‘ulotlarga kostyum-shimda kelmaslikni so‘ragan
Xansi Flik Joan Laportaga noodatiy iltimos bilan murojaat qildi.
Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi birinchi yozgi mavsumoldi mashg‘ulotida «Barsa» prezidenti mashg‘ulotlarga kostyum-shimda kelgan.
Relevo’ning so‘zlariga ko‘ra, Flik mashg‘ulotlarga bunday kiyim kiymaslikni, balki norasmiy narsalarni tanlashni so‘ragan.
Laporta navbatdagi mashg‘ulotlarga sport kiyimida keldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/