«Barsa» «Nike»dan 10 yillik taklif oldi, bu klubning moliyaviy muammolarini hal qila oladi

«Barselona» Nike kompaniyasidan 10 yillik homiylik taklifini oldi, deb xabar beradi «Mundo Deportivo».

So‘nggi paytlarda «Barsa» va «Nike» o‘rtasida kelishmovchilik bor, «Blaugrana» «Puma»dan qiziqarli taklif olganidan keyin «Nike» bilan hamkorlikni tugatish haqida o‘ylashmoqda.

Ammo «Nike» «Barsa»ni yo‘qotishga tayyor emas, shuning uchun u klub uchun qulayroq shartlarda yana bir taklif bilan chiqdi. Mish-mishlarga ko‘ra, bu «Barsa»ning moliyaviy feyr-pley muammolarini hal qilishi mumkin.

Qayd etish kerakki, “Barsa”ning «Nike» bilan 2028 yilgacha amaldagi shartnomasi bor, biroq bir qancha manbalar “Barsa” ba’zi noqulay bandlar tufayli uni buzmoqchi ekanligini aytishgan.

«Diario Sport» xabariga ko‘ra, «Barsa» «Nike» bilan shartnomani bekor qilish mumkinligini bilish uchun sudga murojaat qilgan. Ammo salbiy javob olingan. Shunday qilib, «Barsa» «Nike» bilan 2028 yilgacha bo‘lgan shartnomani bajarishi kerak.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter