«Tvente» UYEFA tomonidan jazolanadi
«Tvente» muxlislarning irqchilik harakati tufayli jazo oldi.
Yevropa ligasining “Lasio”ga qarshi safar o‘yinida (0:2) Niderlandiya klubi muxlislari tribunadan rimlik 21 yoshli yarim himoyachi Lum Tshaunga nisbatan irqchilikka doir qo‘shiqlarni kuyladi.
«Lasio» ustozi Marko Baroni shu sababdan 89-daqiqada futbolchini almashtirishga majbur bo‘ldi.
UEFA nazorat, intizom va axloqiy organ «Tvente»ga 40 000 yevro miqdorida jarima solishga va uning stadionini keyingi yevrokubok o‘yini uchun qisman yopishga qaror qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/