Italiyalik chang‘i ustasi 19 yoshida vafot etdi

Italiyalik chang‘ichi Matilda Lorenzi Alp tog‘laridagi Val Senales yonbag‘irlarida mashg‘ulot paytida yiqilib vafot etdi. Bu haqda Xalqaro chang‘i va snoubord federasiyasi (FIS) saytida xabar berildi.

FIS 19 yoshli sportchining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Lorenzi katta tezlikda boshqaruvni yo‘qotdi, trassadan uchib ketdi va boshini qorga qattiq urdi. Sportchi intubasiya qilingan va vertolyotda Bolzanodagi eng yaqin shifoxonaga olib ketilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.

Lorenzi bu yil gigant slalom bo‘yicha Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi, o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida pastga tushishda oltinchi va super-Gda sakkizinchi bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter