A Seriya klubi murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi

«Parma» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Fabio Pekkiya bilan yangi mehnat shartnomasi tuzdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Tomonlar o‘rtasidagi yangi shartnoma 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Murabbiy 2022 yilning yozidan beri “Parma”ni boshqarib kelmoqda.

Italiya chempionatining sakkiz turidan so‘ng jamoa yetti ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter