Anchelotti Rodrigoning holati haqida ma’lumot berdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Rodrigo kecha Chempionlar ligasi doirasida Dortmundning «Borussiya»siga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Braziliyalik futbolchi ikkinchi bo‘lim oxirida almashtirildi. «Qirollik» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z shogirdining jarohati haqida gapirdi.

«Rodrigoning mushaklari shikastlangan. Uchinchi gol bo‘lgan vaziyatda u juda keskin harakat qildi. Afsus, lekin bu futbol», – deydi italiyalik mutaxassis.

Rodrigo sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli kelayotgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter