Namanganda aravachada qilichbozlik bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkazildi

Joriy yilning 17 – 21-oktyabr kunlari Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida aravachada qilichbozlik bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada 100 nafarga yaqin para qilichbozlar g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib borishdi.

Yakunda umumjamoa hisobi quyidagicha ko‘rinish oldi:

1-o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
2-o‘rin – Namangan viloyati;
3-o‘rin – Andijon viloyati;
4-o‘rin – Farg‘ona viloyati;
5-o‘rin – Toshkent viloyati.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etdi. G‘olib va sovrindorlarga medal hamda maxsus diplomlar topshirildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter