Kunde: «Yana kamida 100 ta o‘yin o‘tkazmoqchiman»
«Barselona» o‘ng qanot himoyachisi Jyul Kunde kataloniyaliklar safida 100-o‘yinini o‘tkazgani haqida gapirdi.
«Men «Barselona» safida 100 ta o‘yin o‘tkazdim va yana kamida 100 ta o‘yin o‘tkazmoqchiman. Kundan-kunga rivojlanishga harakat qilaman», – dedi 25 yoshli fransuz.
Kunde «Barselona»ga 2022 yilda «Sevilya»dan transfer qilingan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/