«Barselona» prezidenti xaridlar bo‘yicha ajoyib yurishni amalga oshirgan

«Barselona» prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubi o‘tgan yozda «RB Leypsig»dan 26 yoshli hujumkor yarim himoyachi Dani Olmoni qaysi narxga sotib olganini aytdi.

«Ilgari bizda investisiyalar bilan bog‘liq muammolar bor edi, ammo bizning sport direktorimiz bu vaziyat bilan shug‘ullangan.

Bizning yagona xaridlarimiz Olmo va Pau Viktor edi. Biz yirik xaridlar uchun 50 million yevro miqdorini muhokama qildik, biroq Olmo bizga 47 million yevroga tushdi», – deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter