Skaloni «Oltin to‘p»ni kim olishini taxmin qildi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skalonining ta’kidlashicha, «Inter» sardori Lautaro Martines bu yil «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun asosiy nomzod bo‘lishi kerak.
«U Amerika kubogi finalida g‘alaba golini urdi va turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. U boshqalardan ko‘ra ko‘proq bu sovringa loyiqdir.
Men uni juda qadrlayman. Umid qilamanki, u g‘alaba qozonadi. U birinchi kundan boshlab biz bilan qattiq mehnat qilmoqda.
Agar u «Oltin to‘p»da bu yil g‘alaba qozonmasa, bu kelajakda albatta, sodir bo‘ladi», – dedi murabbiy.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/