Osimxen: «Jamoadoshlarim va barcha barcha xodimlarining xavfsizligi va farovonligi hozir eng muhim»
Viktor Osimxen Liviya bilan o‘yin oldidan Nigeriya terma jamoasidagi vaziyatga munosabat bildirdi.
Jamoalar 15-oktyabr, seshanba kuni Afrika kubogi saralash turnirida to‘qnash kelishlari kerak edi.
«Kecha Liviya aeroportida mening “akalarim” va murabbiylarimga nisbatan adolatsiz munosabatdan hafsalam pir bo‘ldi.
Bunday harakatlar sport ruhiga ziddir. Men jamoamni qo‘llab-quvvatlayman va ular bu to‘siqlarga qaramay kuchli bo‘lib qolishlarini bilaman.
Men CAF va boshqa futbol tashkilotlarini aralashishga chaqiraman, chunki mening jamoadoshlarim va rasmiylar hali ham Liviya aeroportida bo‘lib turibdi. Bu noo‘rin va g‘ayriinsoniydir.
Liviya futbol assosiasiyasining bu urinishi endi shunchaki kechiktirish holati emas, bu futbolchilarning ruhiyatini zaiflashtirish va yo‘q qilish uchun ataylab qilingan taktika va u ko‘proq garovga olingan vaziyatga o‘xshay boshladi. Jamoadoshlarim va barcha jamoa xodimlarining xavfsizligi va farovonligi hozir eng muhim», – dedi Osimxen.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/