Rasman. «Napoli» Osimxen bilan shartnomani uzaytirdi

«Napoli» klubi hujumchi Viktor Osimxen bilan yangi shartnoma imzoladi. Yangi shartnoma 2026 yilga qadar tuzildi.

Yangi shartnoma bo‘yicha nigeriyalik futbolchining maoshi oshirildi. Fabrisio Romano xabar tarqatishicha, tovon puli 130 mln yevro etib belgilandi.

Osimxen Italiya A seriyasining joriy mavsumida 12 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.

Manba: sports.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter