Suness Pogba bilan hatto tekinga ham shartnoma imzolamasdi
Grem Suness Pol Pogbaning faoliyatini qayta boshlashiga shubha bilan qaramoqda.
Avvalroq fransiyalik futbolchining doping uchun diskvalifikasiyasi 4 yildan 18 oyga qisqartirilgandi.
«Men uni qanday ko‘raman? Ajablanarli darajada iste’dodli, lekin o‘z iste’dodini behuda sarfladi.
Ehtimol, u bilan sodir bo‘lgan eng yomon narsa Jahon chempionatida g‘alaba qozonish bo‘lgan. U yosh yigit edi, 23 yoshda. O‘sha paytdan boshlab u bo‘shashib ketdi, deb o‘ylayman.
Men hozir qaysidir klub rahbari bo‘lganimda u bilan tekinga ham shartnoma tuzmagan bo‘lardim», dedi «Liverpul»ning sobiq futbolchisi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/