«Bavariya» Musialaning maoshini 25 million yevroga ko‘tarishga tayyor
«Bavariya» 21 yoshli hujumkor yarim himoyachi Jamol Musialani klubda saqlab qolmoqchi va uning maoshini yiliga 25 million yevrogacha oshirishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi rahbariyati Musialaga 2029 yoki 2030 yilgacha shartnoma taklif qilmoqchi. Ta’kidlanishicha, «Bavariya» nemis futbolchisi bilan mehnat shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni allaqachon boshlab yuborgan.
Musialaning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda sakkizta o‘yinda qatnashib, uchta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/