«Manchester Yunayted» bugun Ten Xagni ishdan bo‘shatishi mumkin
Bugun Birmingemning “Aston Villa” va “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin “qizil iblislar” ustozi Erik ten Xag uchun oxirgisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda ESPN jurnalistlari xabar bermoqda. Murabbiy mag‘lub bo‘lsa ishdan bo‘shatilishi mumkin.
Angliya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan “Aston Villa” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi Birmingemdagi stadionda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv boshlanish hushtagi Toshkent vaqti bilan 18:00 da yangraydi.
Ushbu o‘yin arafasida “qizil iblislar” yetti ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 14-pog‘onasida bormoqda. Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli mutaxassis 2022 yilning yozidan buyon «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/