APL. “Arsenal” va “Manchester Siti” irodali g‘alabaga erishdi

Angliya Premyer Ligasining 7-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 5 oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Manchester Siti” “Fulhem”ni qabul qildi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Andres Pereyra hisobni ochdi. 32-daqiqada esa Mateo Kovachich hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Kovachich dublni rasmiylashtirdi. 82-daqiqada Doku ham darvozani aniq nishonga oldi. 88-daqiqada esa Muniz hisobni qisqartirdi. Yakunda “shaharliklar” 3:2 hisobidagi g‘alabani nishonladi.

“Arsenal” esa “Sauthempton”ni 3:1 hisobida taslim etdi. Londonliklar safida Kay Havers, Bukayo Saka va Gabriel Martinelli gol urgan bo‘lsa, mehmon jamoa tarkibida Archer o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

APL, 7-tur
5 oktyabr, shanba
“Manchester Siti” — “Fulhem” 3:2
Gollar: 0:1 – 26 Pereyra, 1:1 – 32 Kovachich, 2:1 – 47 Kovachich, 3:1 – 82 Doku, 3:2 — 88 Muniz.
“Manchester Siti”: Ederson, Gvardiol, Ruben Diash, Akanji (Uoker, 62), Lyuis, Kovachich, Grilish (Doku, 62), Gundogan, Foden (Stounz, 78), Bernardu Silva, Holand.
“Fulhem”: Leno, Robinson, Ivobi (Nelson, 77), Bassi, Andersen, Tete (Kastan, 77), Traore, Lukich, Berge (Kerni, 65), Pereyra (Smit-Rou, 65), Ximenes (Rodrigo Muniz, 77).
Ogohlantirish: Bassi (64).

“Arsenal” — “Sauthempton” 3:1
Gollar: 0:1 – 55 Archer, 1:1 – 58 Havers, 2:1 – 68 Martinelli, 3:1 — 88 Saka.
“Arsenal”: Rayya, Kalafori, Gabriel, Saliba, Parti, Sterling (Martinelli, 60), Rays, Jorjinyo (Merino, 61), Saka, Gabriel Jezus (Trossard, 60), Havers.
“Sauthempton”: Remsdeyl, Menning (Onuachu, 74), Sugavara, Uoker-Piters, Bednarek, Xarvud-Bellis, Fernandesh (Armstrong, 74), Dauns, Aribo, Dibling, Styuart (Archer, 27).
Ogohlantirishlar: Uoker-Piters (23), Bednarek (34), Dibling (38).

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter