Anchelotti Gyulerni asosiy tarkibga kiritmoqchi

«Real Madrid» yarim himoyachisi Arda Gyuler ilk daqiqalardanoq o‘zini maydonda ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

19 yoshli futbolchi ushbu mavsumda «Los-Blankos»ning to‘qqizta o‘yinida maydonga tushdi, lekin bor-yo‘g‘i uch marta asosiy tarkibda. Relevo xabariga ko‘ra, Gyuler shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da bo‘lib o‘tadigan «Vilyarreal» bilan bo‘lajak La Liga uchrashuvida maydonga tushish ehtimoli katta.

Arda Gyuler bu mavsumda hali samarali harakat qilmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter