Pogbaning diskvalifikasiya muddati qisqartirildi
Pol Pogba 2025 yilda maydonga qaytishi mumkin.
«Daily Mail» jurnalisti Sami Mokbelning xabar berishicha, yarim himoyachi uni 4 yilga diskvalifikasiya qilish qarori ustidan Sport arbitraj sudiga muvaffaqiyatli murojaat qilgan. Muddat 18 oygacha qisqartirildi.
Ta’kidlanishicha, fransiyalik futbolchi yanvar oyida «Yuventus» bilan mashg‘ulotlarni qayta boshlashi mumkin, o‘ynash imkoniyati esa mart oyida paydo bo‘ladi. Dastlabki jarima ham bekor qilindi.
Pogba shu yilning fevral oyida doping uchun futboldan chetlashtirilgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/