«Yuventus» moliyaviy yilni katta zarar bilan yakunladi

«Yuventus» moliyaviy yil davomida 199,2 million yevro zarar ko‘rgan.

O‘tgan moliyaviy yil bilan solishtirganda zarar 75,5 million yevroga oshgan. «Yuve» hisobotda bunga asosan jamoaning yevrokuboklarda qatnashmasligi ta’sir qilganini ta’kidlagan.

«Yuventus»ning daromadi 394,6 million yevroni tashkil qildi. O‘tgan moliyaviy yilda bu ko‘rsatkich 507,7 mln edi.

Qayd etilishicha, klubning beshta turnirda, jumladan, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi joriy moliyaviy yildagi daromadlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter